«Paxtakor» futbolchilari nechanchi marta chempionlarga aylanishdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 569

"Paxtakor" futbolchilari faoliyatlari davomida bir necha marta o'zi o'ynagan chempionatlar yuqori ligasida zafar quchishgan.
Tarkibdagi o'yinchilar orasida Marat Bikmaev eng ko'p bor chempionlik unvoniga ega chiqqan. U bungacha "Paxtakor" va "Lokomotiv"da uch martadan, Qozog'istonning "Aktobe" klubi safida bir marta oltin medallarni qo'lga kiritgandi. Jamoamiz bilan Marat 15 yildan keyin yana O'zbekiston chempioniga aylandi.
Sadriddin Abdullaev 4-marta "Paxtakor" bilan chempion bo'ldi. Umumiy hisobda uning chempionligi 7taga etdi. Egor Krimets, Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov va Igor Sergeev 4-bor mamlakatimiz chempionlariga aylandi. Marko Simich esa bungacha ikki bor Belarus chempionatida BATE bilan g'oliblikka erishgan.
Sardor Sobirxo'jaev, Husniddin G'ofurov va Dragan Cheran ikkinchi bor chempion bo'lishdi. Tarkibdagi qolgan futbolchilar uchun kechagi g'alaba debyut chempionlikka aylandi.
8 - Marat Bikmaev
7 - Sadriddin Abdullaev
4 - Egor Krimets, Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev
3 - Marko Simich
2 - Sardor Sobirxo'jaev, Husniddin G'ofurov, Dragan Cheran
1 - Sanjar Quvvatov, Eldor Suyunov, Sherzod A'zamov, Akram Komilov, Hojiakbar Alijonov, Bobur Asqarov, Alisher Salimov, Farruh Sayfiev, Dostonbek Hamdamov, Odil Hamrobekov, Ruslan Roziev, Javohir Sidiqov, Shohrux Mahmudhojiev.

Bosh sahifaga
301