«Osiyo ayig'i» qaytishini nokaut bilan nishonladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 478

Mashhur MMA yulduzimiz Murod Xonto'raev ikki yillik tanaffusdan so'ng yana ringga qaytdi.
Kecha oqshom «Osiyo ayig'i» poytaxtimizdagi «O'zbekiston» sport majmuasida o'zining professional jangini o'tkazdi. Xonto'raev rossiyalik 33 yoshli MMA jangchisi Evgeniy Myakinkinga qarshi ringga chiqdi va raqibini muddatidan avval bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu jangni bevosita sport majmuasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning kuyovi Otabek Umarov ham kuzatib borgan va bahs yakunlanishi bilan ringga chiqib, Murod Xonto'raevni g'alaba bilan tabriklagan.
Ma'lumot uchun, Evgeniy Myakinkin shu kungacha 14 ta jangda g'alaba qozongan edi. Kechagisi bilan qo'shib hisoblaganda mag'lubiyatlari soni 9 taga etdi. Raqiblarini 4 ta jangda muddatidan avval taslim etgan.

Bosh sahifaga
367