La Liga. Benzema 5ta o'yinda 5ta gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 484

“Real” Ispaniya chempionatining 5-turidan o'rin olgan bahsda “Sevilya”ni mag'lub etdi.
Uchrashuvning 64-daqiqasida hujumchi Karim Benzema o'yindagi yagona golni urishga erishdi.
Mazkur gol hujumchi uchun La Ligadagi 5o'yindagi 5-goli bo'ldi. Avvalroq, u “Selta”ga (3:1), “Valyadolida”ga (1:1), shuningdek, “Levante”ga qarshi o'yinda dublga erishgan edi(3:2).
Ma'lumot uchun, Ispaniya chempionatining to'purarlar poygasida Benzema “Vilyarreal” hujumchisi Jerar Moreno bilan 1-o'rinni bo'lishib turishibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391