2030 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari dasturidagi o'zgarish e'lon qilindi

Frantsiyadagi Alp tog'larida o'tadigan 2030 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi musobaqa dasturidan o'rin olgan sport turlarini e'lon qildi.
Unda qator yangi sport turlari va dasturlari O'yinlar taqvimidan o'rin olgan bo'lsa, chang'i ikki kurashi sporti Olimpiya o'yinlaridan chiqarildi. Batafsil:
Yangi qo'shilgan sport turlari:
Chang'i sporti – frirayd;
Snoubord – frirayd;
Sinxron figurali uchish.
Yangi qo'shilgan dasturlar (medallar jamlanmalari):
Biatlon – aralash yakkalik estafetasi;
Konkida yugurish – erkaklar jamoaviy sprinti;
Konkida yugurish – ayollar jamoaviy sprinti;
Fristayl – aralash jamoaviy ski-kross;
Snoubord – aralash jamoaviy parallel bahslar;
Tramplindan sakrash – ayollar jamoaviy musobaqasi;
Ski-alpinizm – erkaklar individual poygasi;
Ski-alpinizm – ayollar individual poygasi;
Ski-alpinizm – erkaklar sprinti;
Ski-alpinizm – ayollar sprinti;
Ski-alpinizm – aralash estafeta.
Dasturdan chiqarib yuborilgan sport turi:
Chang'i ikki kurashi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar