Bekmurod Oltiboev Gran-pri finalida jahon chempioni bilan kurashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 541

Poytaxtimizda dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasi o'z yakuniga etib bormoqda. Musobaqaning so'nggi kunida og'ir vazn toifasidagi ishtirokchilar bahs olib borishdi.
Biroz avval +100 kilogramm vazn toifasining finalida terma jamoamiz vakili Bekmurod Oltiboev jahon reytingi etakchisi, jahon chempioni gruziyalik Guram Tushishvili bilan bahs olib bordi. Afsuski, murosasiz kechgan bellashuvda gruzin polvonining qo'li baland keldi. Bu bilan Oltiboev Tokio Olimpiadasi uchun 490 reyting ochkosini ham o'z hisobiga qo'shib qo'ymoqda.
Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, terma jamoamizning Toshkent Gran-prisida jamg'argan medallari soni 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronzani tashkil etmoqda va bu Rossiya terma jamoasidan keyin umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashimizni ta'minladi.
Toshkent Gran-prisida quyidagi vakillarimiz shohsupaga ko'tarilishdi:
Oltin medal:
-73 kg: Hikmatilloh To'raev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboev
Kumush medal:
-81 kg: Kamoliddin Rasulov
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Bronza medal:
-60 kg: Diyorbek O'rozboev
-66 kg: Sardor Nurillaev

Bosh sahifaga
208