"Arsenal" "Manchester Yunayted"dan uchta gol o'tkazib yubordi va himoyaning ishonchliligi bo'yicha "Chelsi"ning Premer-ligadagi rekordini yangilash imkoniyatidan mahrum bo'ldi.

Mikel Arteta jamoasi "qizil iblislar"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi "kanonirlar" hisobida 23-turdan keyin o'tkazib yuborilgan 17ta gol bor. "Chelsi"ning 2004/05 yilgi mavsumda Joze Mourino qo'l ostida 15 ta gol o'tkazib yuborgan. Bu rekord hamon yangilanmayapti.

"Rekordimiz yana xavfsiz. 2027 yilda ko'rishguncha," - deb yozdi Terri yakshanba kungi o'yin tugagach, ijtimoiy tarmoqlarda.