Kurashchilarimizning bronza medali uchun bahsdagi raqiblari ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 442

Nur-Sultan shahrida yakuniga etib borayotgan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining so'nggi kunida 2 nafar vakilimiz bronza medali uchun gilamga chiqadi. -61 kilogramm vazn toifasida Abbor Rahmonov o'tish bellashuvida belaruslik Andrei Berkeneuni 7:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uning bronza medali uchun kechadigan bellashuvdagi raqibi eronlik Behnam Ehsonpur bo'ladi.
Shuningdek, -79 kilogramm vazn toifasida yarim finalda imkoniyatni boy bergan Rashid Qurbonovning raqibi ham ma'lum. Bronza medali uchun o'tish bosqichi yakunlariga ko'ra, Qurbonov rossiyalik Gadji Nabievga qarshi gilamga chiqadigan bo'ldi. Elatib o'tamiz, bu vazn toifalari Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186