Avstriyaning "Zaltsburg" stadioni 2026 yilgi UEFA Superkubogi o'yiniga mezbonlik qiladi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Zaltsburg" stadioni yoki "Red Bull Arena" Zaltsburg chekkasidagi Vals-Zitsenxaymda joylashgan. Bu "Red Bull Zaltsburg" jamoasining uy arenasi bo'lib, stadion sig'imi deyarli 32 ming kishini tashkil qiladi. Darvoqe, arena Evro-2008'ga mezbonlik qilgan.

UEFA Superkubogi uchun o'yinda an'anaviy tarzda Chempionlar ligasi g'olibi va Evropa ligasi g'olibi o'zaro to'qnash keladi. Kubokning amaldagi sohibi "PSJ" hisoblanadi.