2026 yilda nechta UFC turniri o'tkaziladi?

UFC prezidenti Dana Uayt tashkilot 2026 yilda nechta turnir o'tkazishini ma'lum qildi.
Paramount bilan shartnomaga ko'ra, kelasi yili 44 ta UFC turniri tashkil etiladi.
Shuningdek, 16-18 ta Zuffa Boxing (Uaytning boks turniri), brazilcha jiu-jitsu bo'yicha 14 ta turnir va 12 ta Power Slap turniri o'tkaziladi.
Ma'lumot uchun, UFC shu yil Paramount bilan 7,7 milliard dollarlik TV-shartnoma tuzgandi.
Manba: MMA Junkie