Transfermarkt tahliliy portali 2026 yil boshidan buyon Evropaning top-ligalarida o'rtacha ochko jamg'arish bo'yicha eng yaxshi natija qayd etayotgan jamoalar statistikasini e'lon qildi.

Birinchi o'rinda Myunxenning «Bavariya» klubi bormoqda — har bir o'yinda o'rtacha 2,59 ochko.

Kuchli uchlikdan, shuningdek, «Barselona» (2,48 ochko) va «Arsenal» (2,27 ochko) joy oldi. Eng yaxshi beshlikka «Real Madrid» (2,25 ochko) hamda Parij giganti PSJ (2,11) bilan hamon poygani davom ettirayotgan Frantsiyaning «Lans» (2,21) jamoalari kirdi.

Shuningdek, kuchli o'ntalikdan «Komo» (2,18), «Real Sosedad» (2,06), «Inter» va «Borussiya Dortmund» (har biri 2 ochkodan) o'rin egalladi.