«Manchester Siti»ning yangi futbolchisi Elliot Anderson ayni paytga qadar 2026 yil yozgi transfer oynasining eng qimmat xaridi bo'lib turibdi. Ommaviy axborot vositalari ma'lumotiga ko'ra, uning «Nottingem Forest»dan transferi 135 million evroga baholangan.

Ikkinchi o'rinni «Vest Xem»dan «Tottenxem»ga o'tgan portugaliyalik Mateush Fernandesh egallagan. Uning transfer qiymati 99 million evroni tashkil etgan.

Ayni paytgacha amalga oshgan eng qimmat 10 transferning ettitasi Angliya Premer-ligasi klublari hisobiga to'g'ri keladi. Shuningdek, ro'yxatdan Ispaniya La Ligasining ikki klubi va Italiya A Seriyasining bitta klubi ham o'rin olgan.

Transfermarkt talqini bo'yicha 2 iyul holatiga eng qimmat transferlar:

  1. Elliot Anderson — «Nottingem Forest» → «Manchester Siti» — 135 mln evro.

  2. Mateush Fernandesh — «Vest Xem» → «Tottenxem» — 99 mln evro.

  3. Entoni Gordon — «Nyukasl» → «Barselona» — 80 mln evro.

  4. Gonsalu Ramush — «PSJ» → «Milan» — 74 mln evro.

  5. Jeremi Jake — «Renn» → «Liverpul» — 63,6 mln evro.

  6. Yan Paul van Xekke — «Brayton» → «Tottenxem» — 60 mln evro.

  7. Marko Palestra — «Atalanta» → «Chelsi» — 57 mln evro.

  8. Mark Kukurelya — «Chelsi» → «Real» — 55 mln evro.

  9. Pero Inkape — «Bayer» → «Arsenal» — 52 mln evro.

  10. Jeovani Kenda — «Sporting» → «Chelsi» — 50,7 mln evro.

Manba: Stadion.uz