Oltiboev finalda, Yusupov bronza medali uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1810

Dzyudo bo'yicha Toshkent Gran-prisining so'nggi kunida medallar uchun kurashuvchi sportchilar nomi ma'lum bo'ldi. Saralash bellashuvlari yakuni bo'yicha ikki nafar vakilimiz final blokida tatamiga chiqadi.
E'tiborlisi, har ikki vakilimiz ham eng og'ir vazn toifasidagi dzyudochilardir. Finalda kurashadigan Bekmurod Oltiboev musobaqa davomida Ukraina, Buyuk Britaniya va Avstriya terma jamoasi vakillarini mag'lub etdi. Oltin medal uchun esa unga jahon reytingining etakchisi, jahon chempioni gruziyalik Guram Tushishvili raqiblik qiladi.
Alisher Yusupov esa chorak finalda Tushishviliga imkoniyatni boy berdi. O'tish bellashuvida qirg'izistonlik dzyudochini mag'lub etdi va bronza medali uchun Oltiboevga 6 soniyada mag'lub bo'lgan avstriyalik Stefan Xegi Yusupovga raqib bo'ladi.
Afsuski, -90 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Davlat Bobonov uchinchi davrada Olimpiada chempioni yaponiyalik Mashu Bakerga yutqazdi va medallar uchun kurashni erta tark etdi.



Bosh sahifaga
188