Braziliyaning "Mirasol" klubi chap qanot himoyachisi Reynaldo 2025 yilning eng sermahsul himoyachisiga aylandi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yilda Reynaldo 14 ta gol urgan, shundan 7 tasi penaltidan.

Ikkinchi o'rinni 13 ta gol bilan (0 penaltidan) AQShning "Minnesota" jamoasi chap qanot himoyachisi Antoni Markanich egalladi. 3-o'rin - Boliviyaning "Real Tomayapo" klubidan Leandro Korulo (13 gol, 11 tasi penalti).

Frantsiyaning PSJ klubi himoyachisi Ashraf Hakimiy 11 ta gol bilan 4-o'rinni egalladi.