Transfermarkt portali 2025 yilda eng ko'p arzonlashgan futbolchilarni e'lon qildi.

Eng ko'p qiymatini yo'qotgan futbolchi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Foden bo'ldi. Uning bozor qiymati yil boshida 140 million evroni tashkil etgan bo'lsa, dekabr oyiga kelib 60 million evroga tushib ketdi.

Eng ko'p qiymati tushgan futbolchilar ro'yxatida ikkinchi o'rinni Fodenning jamoadoshi Rodri egalladi. U 130 million evrodan 75 million evrogacha, ya'ni 55 million evro yo'qotdi. Uchinchi o'rinda "Real" hujumchisi Vinisius turibdi. Uning transfer qiymati 200 million evrodan 150 million evrogacha, ya'ni 50 million evroga tushdi.

Eng ko'p qiymatini yo'qotgan top-6 futbolchi orasida "Real"dan Rodrigo (-40 million evro), "Barselona"dan Gavi (-40 million evro) va "Arsenal"dan Martin Edegor (-35 million evro) ham bor.