«Yuventus» sport direktori: "Manjukichning" «Al-Rayyan»ga o'tishi kechikmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451

"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi jamoa hujumchisi Mario Manjukichning Qatarning "Al-Rayyan" klubiga o'tishi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
“O'tish biroz kechikmoqda. Qatarda transfer oynasi 30 sentyabrda yopiladi, bizda ungacha vaqt bor. Ko'ramiz, - dedi Paratichi.
Manjukich allaqachon "Al-Rayyan" bilan yiliga 7,5 million evro maosh bilan 2 yillik shartnomani kelishib oldi, deb xabar bermoqda Football Italia Tuttomercatoweb nashriga tayanib.
Shu bilan birga, Yaqin Sharq klubi 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun talab qilingan 10 million evroni to'lashga tayyor emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205