Valverde: «Biz g'alabaga noloyiq edik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 541

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liganing 5-turidan o'rin olgan “Granada”ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Men o'yinimizdan xavotirdaman. Safarda yaxshi o'ynay olmayapmiz. Hujumda kuch etishmayapti. Bu holat “Borussiya”, “Osasuna” bilan o'yinlarda ham ro'y bergandi. Yaxshiroq bo'lishga harakat qilamiz.
Men yuz bergan voqea uchun javobgarlikni his qilyapman. G'azabdaman, biz g'alaba qozonishga noloyiq edik.
Raqibning yaxshi o'yinini tan olishimiz kerak. Bizni kaltaklashdi, ko'proq gol urishlari ham mumkin edi”, – deydi Valverde.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262