Gyundogan "Barselona" futbolchilaridagi stress haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan jamoa o'yinchilari rostdan ham yomon natijalar tufayli stressga tushib qolgani haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatida jamoa peshqadamdan 8 ochko ortda qolmoqda. Chempionlar ligasida "blaugrana" ertaga Chempionlar ligasi pley-offining birinchi o'yinida "Napoli"ga qarshi o'ynaydi.
"Barselona" futbolchilari stressdami? Mening professional faoliyatim 15 yildan buyon davom etmoqda. Aytishim mumkinki, mening baxtim doim ishim sifatiga bog'liq. Bu ikki narsani ajratib bo'lmaydi. Garchi imkonsizdek tuyulsa ham, g'alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak", — deya Gyundogan so'zlarini keltiradi DPA.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!