Engil atletikachi qizlarimiz Osiyo chempionatida bronza medaliga egalik qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
Eronda o'tayotgan engil atletika bo'yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida yana bir medal qo'lga kiritildi.
Unga 400 metr masofaga estafeta dasturida yuguruvchi qizlarimiz mualliflik qilishdi.
Lidiya Podsepkina, Laylo Allaberganova, Nurxon Ochilova hamda O'g'iloy Norboevadan iborat jamoamiz 4:12.43 daqiqa vaqt ko'rsatdi.
Musobaqada oltin medal Qozog'iston jamoasiga nasib etgan bo'lsa, eronlik qizlar kumush medalga sazovor bo'lishdi.
Manba: olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!