So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Tennis malikalari Toshkentda jam bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1132
23-28 sentyabr kunlari poytaxtimizda “Tashkent Open-2019” tennis musobaqasi bo'lib o'tadi. Jahonning eng kuchli tennis malikalari o'rtasidagi shiddatli bahslarning asosiy davra o'yinlariga bugun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Musobaqa tashkilotchilari asosiy davra uchun atalgan 3 ta “wild card”ni hamyurtlarimiz Nigina Abduraimova, Sabina Sharipova hamda Oqgul Omonmurodovaga taqdim etishdi. Tashkil etilgan matbuot-anjumanida ham ushbu vakillarimiz bevosita ishtirok etib, jurnalistlar va muxlislarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
Shu kunlarda poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zahiralari tennis maktabi kortlarida saralash bellashuvlari o'tkazilmoqda. Musobaqaning asosiy davra bahslari 23 sentyabr kuni start oladi. Turnir g'olibi jahon tasnif jadvali uchun 250 reyting ochkosi va 42 ming AQSh dollariga ega bo'ladi. Asosiy davra bellashuvlarining qur'a natijasi ushbu havolada.