So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ekaterinburg-2019. Dilshodbek Ro'zmetov kumush medalga ega chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378
Ekaterinburgda boks bo'yicha jahon chempionati yakuniga etib bormoqda. 81 kg. vazn toifasida turnirda ishtirok etgan 20 yoshli Dilshodbek Ro'zmetov finalda qozog'istonlik Bekzad Nurdauletovga qarshi jang qildi.
Hamyurtimiz texnika jihatdan kuchli ekani jang boshidan ko'rinib turdi. Ro'zmetov o'z texnikasi evaziga birinchi raundda ustunlikka erishdi.
Ikkinchi bo'limning o'rtalariga qadar Dilshodbek tashabbusni o'z tomonida ushlab qoldi. Ammo jismoniy jihatdan toliqish xorazmlik sportchiga ta'sir ko'rsata boshladi. Umuman olganda, har ikkala bokschi turnirda 6tadan jang o'tkazishdi.
Bekdauletov to'qnashuvning ikkinchi yarmida ustunlikka erishib, g'alabani ilib ketdi — 0:5 (28:29, 28:29, 27:30, 27:30, 27:30).
Qozog'iston delegatsiyasi dastlabki oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, O'zbekiston dastlabki ikkita "oltin" va bitta "bronza"dan keyin birinchi kumush medalga ega chiqdi.
Jahon chempionatida eng so'nggi jang qoldi: Bahodir Jalolov - Qamshibek Qo'nqabaev.