Oltin medal uchun ikki o'zbek dzyudochisi kurashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421

Toshkent Gran-prisinining ikkinchi kunida terma jamoamizning ikki vakili o'rtasidagi bahs bugungi bellashuvlarga yakun yasab berdi. -81 kilogramm vazn toifasining oltin medali uchun Kamoliddin Rasulov hamda Sharofiddin Boltaboev bahs olib borishdi.
Keskin va murosasiz kechgan bellashuv Boltaboevning g'alabasi bilan yakunlandi. Sharofiddin ushbu g'alabasi bilan o'z hisobiga Tokio Olimpiadasi uchun 700, Rasulov esa 490 reyting ochkolarini ham qo'shib qo'ydi.
Ortda qolgan ikki kun natijasiga ko'ra, terma jamoamiz 2 tadan oltin, kumush va bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Bu borada hozircha Rossiya terma jamoasi 3 ta oltin medal bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217