Gulnoza Matniyazova Toshkent Gran-prisining kumush medaliga sazovor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 326

Toshkentda o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlarida terma jamoamiz yana bir medalga sazovor bo'ldi. Ayollar o'rtasida -70 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Gulnoza Matniyazova final bellashuvida ishtirok etdi.
Gretsiyalik Elisavet Teltsidu bilan bahs olib borgan Matniyazova bellashuvda imkoniyatni boy berib qo'ydi va terma jamoamiz hisobiga yana kumush medalni yozib qo'ydi. Bu termamizning Gran-pridagi dastlabki kumush medali bo'ldi. Shuningdek, Matniyazova o'z hisobiga Tokio Olimpiadasi uchun 490 reyting ochkosini ham yozib qo'ymoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219