Manjukichning agenti Qatarga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 415

"Yuventus" hujumchisi Mario Manjukich Qatarning "Al-Rayan" klubiga o'tishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, 33 yoshli xorvatiyalik futbolchining agenti muzokara o'tkazish uchun Qatarga yo'l olgan.
Tomonlar ikki yilga mo'ljallangan shartnoma imzolash to'g'risida dastlabki kelishuvga erishdilar.
Manjukichning maoshi bir mavsumga 7,5 million evroni tashkil qiladi.
O'tgan mavsumda Manjukich «Yuventus» tarkibida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216