Hikmatilloh To'raev chempionlikni munosib himoya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

Poytaxtimizda dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasining kechki dasturidan o'rin olgan bellashuvlar boshlandi. Biroz avval musobaqaning -73 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida hamyurtimiz Hikmatilloh To'raev oltin medal uchun kurashda ishtirok etib, yana bir chempionlikni rasmiylashtirdi.
To'raevga raqiblik qilgan tojikistonlik Behruzi Hojazoda esa kumush medal bilan taqdirlandi. Ta'kidlash joiz, Hikmatilloh o'tgan yili ham Toshkent Gran-prisida zafar quchgan edi. Aytish mumkinki, vakilimiz bu g'alaba bilan o'z chempionligini munosib himoya qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201