«Barselona» moliyaviy halol o'yin muammosiga duch kelishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 391

"Barselona" klubi moliyaviy halol o'yin qoidasi bilan bog'liq muammoga duch kelishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar bu muammodan qutulib qolish 172 million evroga o'z futbolchilarini sotishi kerak.
Avvalroq "ko'k-anorranglilar" yanvar oyida himoyachi Samuel Umtiti, yarim himoyachilar Ivan Rakitich va Arturo Vidalni sotishni mo'ljallayotgani haqida xabar tarqalgan edi.
"Barsa" ushbu mavsumda yangi futbolchilarni sotib olish uchun 255 million evro pul sarfladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233