Toshkent Gran-prisining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 465

Yaqin 5 kun yurtimizdagi sport ixlosmandlarining e'tibori Toshkentda o'tkazilayotgan dzyudo bellashuvlariga qaratiladi. Poytaxtimiz 20-22 sentyabr kunlari dzyudo, 23-24 sentyabr kunlari para-dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasiga mezbonlik qiladi. Biroz avval “Humo arena”da mazkur musobaqalarning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Aziz Abduhakimov va Xalqaro dzyudo federatsiyasining sport direktori Vladimir Marta so'zga chiqib, bu yilgi bellashuvlarning yuqori saviyada tashkil etilayotganini alohida ta'kidlab o'tishdi.
Shuningdek, mazkur marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev ham ishtirok etdi.
Rasmiylar musobaqani rasman ochiq, deb e'lon qilishgach marosimning badiiy qismiga navbat berildi.

Bosh sahifaga
200