Chicharito La Ligaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33733
Angliyaning “Vest Xem” klubi hujumchisi Xaver Ernandes faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Super Deporte nashri ma'lum qilmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “Valensiya” qishki transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va Chicharito klubning asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi. “Ko'rshapalaklar” meksikalik futbolchini ijaraga olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda hujumchi APLning 14 o'yinida maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!