2017/18 yilgi mavsumdan beri Evropada eng ko'p golli vaziyat yaratgan futbolchilar reytingi ma'lum bo'ldi

WhoScored portali 2017/18 yilgi mavsum boshidan buyon Evropaning kuchli beshta ligasida eng ko'p xavfli golli vaziyatlar yaratgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Birinchi o'rinni o'tgan yili «Manchester Siti»dan «Napoli»ga o'tgan yarim himoyachi Kevin de Bryuyne (167 ta vaziyat) egallab turibdi. Ikkinchi pog'onada «Liverpul»dagi so'nggi mavsumini o'tkazayotgan Muhammad Saloh (145) qayd etilgan. Kuchli uchlikni «Bavariya»ning sobiq a'zosi Tomas Myuller (143) yakunlab bergan.
Keyingi o'rinlarni «Manchester Yunayted» vakili Brunu Fernandesh (131) hamda hozirda Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilayotgan Trent Aleksander-Arnold (124) egallashgan. Evropani 2023 yilda tark etgan Lionel Messi (122) ham ushbu ro'yxatdan joy olgan.