Mourinoning keyingi ish joyi Bundesliga bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 459

"Benazir" nemis tilini o'rganayotganini tan oldi.
Shu kunlarda "erkin ijodkor" vazifasini bajarayotgan Joze Mourino ayni paytda nemis tilini o'rganayotganini aytib o'tdi.
"Nemischani o'rganyapman. Nega aynan shu tilni deb so'rasangiz, aytishim mumkinki, meni to'satdan Germaniyaga ishga taklif qilishlari yoki Chempionlar ligasida birorta nemis klubi bilan uchrashib qolishim mumkin. Shu kungacha beshta tilda gapirishni o'rganib olganman."
Ta'kidlash joizki, Joze Mourino dekabr oyida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan ozod etilgan edi. Shundan so'ng portugalik mutaxassis televidenieda ekspert sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.
Oldinroq Mourinoning "Real"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bosh sahifaga
202