Hasanboy Rahimov Tokio Olimpiadasiga yo'llanma qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 902

Qozog'iston poytaxtida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Biroz avval -125 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Hasanboy Rahimov Tokio-2020ga litsenziya qo'lga kiritdi.
Moldovalik Aleksandr Romanovni 6:0 hisobida mag'lub etgan Rahimov kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va eng asosiysi Tokio Olimpiadasining yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz bronza medali uchun xitoylik Jivei Denga qarshi gilamga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, bu terma jamoamizning Tokio Olimpiadasiga qo'lga kiritgan sakkizinchi yo'llanmasidir. Kechki dastarda -86 va -97 kilogramm vazn toifalarida Javrail Shapiev hamda Magomed Ibragimov ham Olimpiadaga yo'llanmasi uchun kurash olib boradilar.
Suratlar muallifi: Anvar Ilyasov




Bosh sahifaga
219