«Aytishlaricha, shoh soxta ekan» Real futbolchilari Zidanga ortiq ishonishmaydimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 501

Chempionlar ligasida PSJdan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan (0:3) keyin "Real"ning bir qator futbolchilarida bosh murabbiy Zinedin Zidanga nisbatan ishonchsizlik paydo bo'lgan.
Tarkibdagi muhim futbolchilarning fikricha, 47 yoshli frantsiyalik mutaxassis ESPN taqdiqlagan oldingidek yuksak mavqeda emas.
Shuningdek, futbolchilar orasida Zidanning o'rniga Joze Mourinyuning kelishi haqida turli gap-so'zlar bois xavotir yuzaga kelgan. Bundan tashqari, nomzodlar orasida Massimiliano Allegri va Aytor Karanka ham bor.
Klub boshqaruv a'zolari «Real» so'nggi olti yillik transfer mavsumlarida maksimum imkoniyatlarni ishga solmagan deb hisoblaydi.
Zidanning o'zi esa klubdagi holatidan tashvishda emas. Uning boshqaruvidagi jamoa La Ligada to'rtinchi turdan so'ng 8 ochko to'plab, 3-o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
207