UEFA Rebichni besh uchrashuvga diskvalifikatsiya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 365

Xorvatiyalik hujumchi Ante Rebich qo'pol o'yini va nomaqbul xatti-harakatlari uchun jazolanadigan bo'ldi. UEFA rasmiy saytida aytilishicha, Ante Rebich kelgusida beshta uchrashuvda maydonga tusha olmadi.
Bunga sabab sifatida uning Evropa ligasining pley-off raundida «Strasbur»ga qarshi o'tkazilgan o'yindagi qo'polligi va uchrashuv rasmiylarini haqorat qilgani ko'rsatilmoqda.
Bundan tashqari, frankfurtliklarning sport direktori Bruno Xyubner UEFA tizimidagi musobaqalarning ikkita uchrashuvidan chetlashtirildi.
Eslatib o'tamiz, Ante Rebich ijara asosida «Milan»ga o'tdi. Italiya klubi esa evrokubok musobaqalariga chiqa olmadi. Shu sabab xorvatiyalik futbolchi jazo muddatini keyinroq o'taydi.
Yodingizda bo'lsa, aynan shu futbolchi Jahon chempionati davom etayotgan bir paytda hamyurtimiz Ravshan Ermatovning hakamliligi borasida tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Oldin o'zingga boq... deb shuni aytsalar kerak.

Bosh sahifaga
248