Roberto Karlos: "Neymar tez orada dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 400

Braziliyalik futbol afsonalaridan biri Roberto Karlos o'z vatandoshi Neymarning PSJdagi salohiyatiga yuqori baho berdi.
"Har qanday futbolchi "Real"da o'ynashdan xursand bo'lardi. Ammo Neymar bilan bu hol yuz bermadi. U PSJda baxtli va tez orada dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanadi. Messi, Krishtianu, Neymar va Mbappe, shubhasiz planetamizning eng yaxshi to'rtligini tashkil etadi", - deya Karlosning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.
Darhaqiqat, Neymar ikki marta, aniqrog'i, 2015 va 2017 yillarda "Oltin to'p" uchun da'vogarlar uchligiga kiritilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263