Mourino: "Bu futbolchi nega umuman "Oltin to'p" olmagan, hayronman!"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1058

Taniqli portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu Samuel Eto'Oning umuman eng yaxshi futbolchi deb topilmagani haqida gapirdi.
"Eto’O nega biror marta ham "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmaganini tushunmayman. Uning karerasi ajoyib. U uch marta Chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan va boshqa ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. Bir necha yil u dunyoning eng yaxshi hujumchisi bo'lib keldi. Afsuski, hech qachon eng yaxshilarga beriladigan sovrinni qo'lga kiritmagan", dedi 56 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Eto'O "Inter" va "Chelsi" safida aynan Mourino qo'l ostida to'p surgan. U faoliyati davomida 18 ta sovrinni qo'lga kiritgan, 3 marta terma jamoa bilan sovrinlarga ega chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259