«Real» Zidan o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 512

Madridning "Real" klubi bosh murabbiy Zinedin Zidan iste'foga chiqarilsa, uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan uch nomzodni o'rganib chiqmoqda.
Marca nashrining xabariga ko'ra, madridliklar ro'yxatidan Joze Mourino, Massimiliano Allegri va Raul Gonsales joy olgan.
Mourino va Allegri ayni paytda ishsiz, Raul esa madridliklarning yoshlar jamoasida ishlayapti.Nomzodlar ichida Joze Mourino imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik mutaxassis 2010-2013 yillarda "Santyago Bernabeu"da ishlagan edi.
La Liga 4 turidan so'ng "Real" peshqadam "Sevilya"dan 2 ochko ortda qolgan holda, 8 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172