"Vulverxempton " Moutino bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 491

"Bo'rilar" tajribali yarim himoyachini saqlab qolishga harakat qilmoqda.
O'tgan yozda Joau Moutino 5 mln funt evaziga "Monako"dan "bo'rilar" safiga kelib qo'shilgandi.
"Vulverxempton" portugaliyalik yarim himoyachi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi, ya'ni joriy mavsum oxirida Moutino erkin agentga aylanishi mumkin.
"Bo'rilar" yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar boshladi, deb xabar beradi The Telegraph.
Ma'lumot o'rnida, Moutino "Vulverxempton" safida 56 ta uchrashuv o'tkazgan va 13 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170