Yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga yangi Bosh kotib saylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 477

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi bo'lib o'tdi. Unda federatsiya Bosh kotibini saylash kun tartibiga qo'yilgan asosiy masalalar bo'ldi.
Konferentsiyani O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov olib bordi. Shuningdek, unda federatsiya rahbariyati, Ijroqo'm vakillari ham ishtirok etdi.
Yig'ilishda shu paytgacha federatsiya Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan Eldor Anorboevning o'z xohishiga ko'ra lavozimidan bo'shash to'g'risidagi arizasi qabul qilindi. Shundan so'ng uning o'rniga Nodirbek Ibragimov nomzodi ilgari surildi. Yig'ilish ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan ma'qullashdi va N.Ibragimov federatsiya Bosh kotibi lavozimiga saylandi.
Konferentsiya davomida federatsiyaning kelajakda qilinishi kerak bo'lgan ishlari borasida tegishli masalalar ko'rib chiqildi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi federatsiyaning yangi rahbariyati faoliyatida omad va zafarlar tilab, ushbu sportni rivojlantirish yo'lida kuch-g'ayrat yor bo'lsin deb qoladi.

Bosh sahifaga
170