Ayollar og'ir atletikasida jahon chempionatlaridagi dastlabki medalimizga sazovor bo'ldik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 618

Tailandning Pattayya shahrida o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatidan xushxabar davom etadi. Biroz avval ayollar o'rtasida -55 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Muattar Nabieva o'z ishtirokini yakunladi.
Yurtdoshimiz dast ko'tarish mashqi bo'yicha 96 kilogramm toshni o'ziga bo'ysundira oldi. E'tiborlisi, bu natija unga yakunda bronza medalini taqdim qildi. Afsuski, siltab ko'tarish mashqi yurtdoshimiz uchun ko'ngildagidek yakunlanmadi va Nabieva bu yo'nalishda 113 kilogramm natija qayd etdi. Ikki kurash bo'yicha andijonlik sportchimizning qayd etgan ko'rsatkichi 209 kilogrammga etdi va bu oltinchi natija bo'ldi.
Og'ir atletika bo'yicha JCh. Tailand.
Ayollar, -55 kg
1. Tsiyun Liao (Xitoy) – 227 kg (98 + 129)
2. Jantsion Chjan (Xitoy) – 222 kg (99 + 123)
3. Xidilin Diaz (Filippin) – 214 kg (93 + 121) . . .
6. Muattar Nabieva (O'zbekiston) – 209 kg (96 + 113)
Ta'kidlash joiz, bu og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida qizlarimiz qo'lga kiritgin dastlabki medal sifatida tarixda qolmoqda. Muattar Nabieva ushbu ishtiroki orqali Tokio Olimpiadasi uchun juda qimmatli reyting ochkolarini ham o'z xisobiga yozib qo'ymoqda. Ushbu jahon chempionatining bugungi kunida Adhamjon Ergashev (-67 kg) siltab ko'tarish mashqi bo'yicha uchinchi o'ringa ko'tarilgan edi.

Bosh sahifaga
192