Ekaterinburg-2019. 20 yoshli bokschimiz finalda!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 518

Rossiyadagi jahon chempionatida O'zbekiston delegatsiyasining uchinchi bokschi finalga yo'l oldi.
81 kg. vazn toifasida turnirda qatnashayotgan Dilshodbek Ro'zmetov yarim finalda angliyalik Benjamin Uittakerga qarshi bahs olib bordi. Hamyurtimiz raqibga nisbatan biroz tezroq, biroz chaqqonroq va biroz aniqroq harakat qildi. Hakamlarning barchasi Dilshodbekning ustunligini e'tirof etishdi — 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 29:28, 29:28).
20 yoshli bokschimiz o'z faoliyatida ilk marta JChda qatnashayotganiga qaramay, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ro'zmetov finalda qozog'istonlik Bekzad Nurdauletovga qarshi jang olib boradi.
Shu tariqa, o'zbekistonlik uchinchi bokschi final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198