Erkin kurashchilarimiz saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 437

Qozog'istonning Nur-Sultan shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi kun dasturi davom etmoqda. Xabar berganimizdek, bugungi kun dasturida 3 nafar kurashchimiz bahs olib bormoqda.
Quvonarlisi, polvonlarimiz hozirgacha muvaffaqiyatli ishtirok etishyapti. Ixtiyor Navro'zov (-70 kg), Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) va Hasanboy Rahimov (-125 kg) ikki martadan zafar quchib bo'lishdi.
-70 kg:
Saralash: Ixtiyor Navro'zov – Karan Karan (Hindiston) 7:0
1/8 final: Ixtiyor Navro'zov – Ali Umarpashaev (Bolgariya) 7:6
¼ final: Ixtiyor Navro'zov – David Baev (Rossiya)
-74 kg:
Saralash: Bekzod Abdurahmonov – Franklin Gomes (Puerto-Riko) 4:0
1/8 final: Bekzod Abdurahmonov – Eandri Kabalero (Kuba) 10:6
¼ final: Bekzod Abdurahmonov – Hojimurod Gadjiev (Ozarbayjon)
-125 kg:
Saralash: Hasanboy Rahimov – Luis Felipe Urbanexa (Venesuela) 10:0
1/8 final: Hasanboy Rahimov – Daniel Ligeti (Vengriya) 5:0
¼ final: Hasanboy Rahimov – Taxa Akgul (Turkiya) / Aleksandr Romanov (Moldova)
Eslatib o'tamiz, Bekzod Abdurahmonov va Hasanboy Rahimov ishtirok etayotgan vazn Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan. Vakillarimiz kamida yarim finalga chiqa olishsa, Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini naqd qilib qo'yishadi.

Bosh sahifaga
181