Mukofot jamg'armasi 12.000 evro bo'lgan shaxmat festivali boshlanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

Joriy yilning 20-30 sentyabr kunlari, poytaxtimiz Toshkentda Markaziy Osiyo Shaxmat festivali bo'lib o'tadi. Unda Markaziy Osiyoning, jumladan, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmasniston, Qozog'iston, Afg'oniston hamda O'zbekistondan eng kuchli shaxmatchilar o'rtasida musoba rejalashtirilgan. Turkmaniston terma jamoasi kecha poytaxtga etib kelishdi, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmasniston, Qozog'iston, Afg'oniston terma jamoalari bugun kelishi kutilmoqda.
O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabari ko'ra, mukofot jamg'armasi 12.000 Evro bo'lgan ushbu musobaqa, shaxmatchilar uchun reytingli ekani bilan ham ahamiyatli. O'g'il bolalar o'rtasida chempionlikni qo'lga kiritadigan g'olibga 3000 evro, qizlar o'rtasida mutloq chempionga esa 1500 evro mukofot puli belgilangan. 200 ga yaqin shaxmatchilar ishtirok etadigan festivalda standart va rapid yo'nalishlari bo'yicha shaxmatchilar dona surishadi.
FIDE, RosATOM hamda O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi hamkorligida o'tkazilayotgan ushbu musobaqada 20 yoshgacha bo'lgan, 1800 (o'g'il bolalar uchun), 1600 (qiz bolalar uchun) reyting ballidan kam jamg'armagan shaxmatchilar qatnashish uchun ariza berishlari mumkin.
9 turdan iborat bahslarda har qatnashuvchiga, partiya oxirigacha 90 daqiqa vaqt beriladi.
To'liqroq ma'lumotni O'zbekiston Shaxmat federatsiyasining rasmiy saytida www.uzchess.uz dan olishingiz mumkin.

Bosh sahifaga
325