APL tarixidagi eng sermahsul to'qnashuv ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20234
29-dekabr, shanba kuni futbol bo'yicha Angliya chempionatining 20-turida «Liverpul» o'z maydonida «Arsenal» ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozondi.
Angliya premer ligasi tarixidagi «Liverpul» va «Arsenal» o'rtasidagi barcha to'qnashuvlarda 155 ta gol urilgan. Ushbu natija musobaqaning rekordi hisoblanadi. Ya'ni boshqa hech qaysi klublar to'qnashuvida bunchalik ko'p gol kiritilmagan.
Angliya chempionatida «Liverpul» va «Arsenal» o'rtasidagi eng sermahsul o'yin 2008/09-yilgi mavsumida «Enfild» stadionida kechgan (4:4). Ushbu o'yinda rossiyalik futbolchi Andrey Arshavin pokerga erishgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!