Bugun erkin kurashchilarimiz bahslarni boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 645
Qozog'iston poytaxtida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati davom etadi. Bugun ayollar va erkaklar o'rtasida erkin kurash bo'yicha bahslar o'tkaziladi.
Ushbu kun doirasida 5 nafar vakilimiz bahs olib borishi belgilangan bo'lsa, shulardan 4 nafari Olimpiada dasturiga kiritilgan vazn toifalarida ishtirok etadi. Bugun gilamga chiqadigan vakillarimiz orasida faqat bronza medali uchun kurashadigan Gulnora Toshpo'latovaning (-59 kg) vazni Olimpiaya o'yinlari dasturida yo'q.
Saralash:
-62 kg: Nabira Esenbaeva – Kayla Mirekl (AQSh)
-68 kg: Nilufar Gadoeva – Batsetseg Soronzonbold (Mo'g'iliston)
Bronza medali uchun:
-59 kg: Gulnora Toshpo'latova – Tsinru Pei (Xitoy)
Erkin kurash, saralash:
-57 kg: Jahongirmirza Turobov – Lou Bingam (Nauru)
-65 kg: Temurjon Usmonohunov – Shaoxua Yuuan (Xitoy)