EChL. Haftaning eng yaxshi o'yinchisi nomiga da'vogarlar aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 772
UEFA rasmiy saytida EChL guruh bosqichi birinchi turining eng yaxshi o'yinchisi nomini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni boshlandi.
Nomzodlar ro'yxatidan "Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen, "PSJ" yarimhimoyachisi Anxel di Mariya, "Zaltsburg" hujumchisi Erling Xolann va "Dinamo" Zagreb yarimhimoyachisi Mislav Orshich kabi futbolchilar joy oldilar.
Ter Shtegen "Borussiya" D bilan o'yinda (0:0) to'rtta seyv qildi va penaltini qaytardi.
Di Marich "Real" bilan o'yinda (3:0) "dubl"ga erishdi.
Xolann "Genk" bilan o'yinda (6:2) "xet-trik" qildi.
Orshich "Atalanta"ga qarshi o'yinda (4:0) "xet-trik" qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!