20 yoshli braziliyalik iqtidor APL grandi safiga borib qo'shilishi mumkin

Angliyaning "Arsenal" klubi 20 yoshli braziliyalik yarim himoyachi Breno Bidon bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda. Bu haqda Bolavip nashri yozmoqda.
Manbalarning ta'kidlashicha, "Arsenal" "Korintians" sharafini himoya qilayotgan Bidonni kuzatib bormoqda. U joriy mavsum Braziliya chempionatida 33 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Oktyabr oyida Bidonga "Zenit" qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Ammo futbolchi o'shanda rad javobini bergan.