Ekaterinburg-2019. Jalolov birinchi raundda nokaut bilan g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 384

Jahon chempionatining chorak final bosqichida jang qilgan o'zbekistonlik besh bokschining barchasi yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Eng og'ir vazndagi sportchimiz Bahodir Jalolov AQShlik Richard Torresga qarshi ringga ko'tarilib, ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz birinchi raund o'rtalarida kuchli zarba bilan raqibini chuqur nokautga uchratdi.
Referi darhol jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekistonning to'rt bokschisi — Shahobiddin Zoirov (52 kg.), Miraziz Mirzaxalilov (57 kg.), Bobousmon Baturov (69 kg.) va Dilshod Ro'zmetov (81 kg.) yarim final yo'llanmasiga ega bo'lishgan edi.
Yarim final janglari 20 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240