Ekaterinburg-2019. Ro'zmetov o'ta qiyin jangda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 435

Boks bo'yicha Rossiyaning Ekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha jahon chempionatining o'ninchi kun bahslarida kechki dasturdan o'rin olgan janglar davom etmoqda. Biroz avval -81 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Dilshodbek Ro'zmetov ozarbayjonlik Loren Alfonsoga qarshi bahs olib bordi.
Ta'kidlash joiz, bokschilar muxlislarga 3 raund ajoyib jang namoyish qilib berishdi. Dastlabki ikkita raundda hamyurtimiz asli kubalik bo'lgan raqibga qarshi jangda kichik ustunlikka ega bo'ldi. Uchinchi bo'limda esa Alfonso faol boks namoyish qildi. Ahamiyat bering: hakamlarning yakuniy qarori — 3:2 (29:28, 29:28, 29:28, 28:29, 28:29).
Shu tariqa, 20 yoshli vakilimiz jahon chempionatining yarim finaliga yo'l oldi. Shuning bilan final uchun jang qiladigan vakillarimiz soni 4 nafarga etdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekistonning uch bokschisi — Shahobiddin Zoirov (52 kg.), Miraziz Mirzaxalilov (57 kg.), Bobousmon Baturov (69 kg.) yarim final yo'llanmasiga ega bo'lishgan edi.

Bosh sahifaga
201