Ekaterinburg-2019. Mirzaxalilov qozog'istonlik jahon chempionini mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 546

Boks bo'yicha jahon chempionatining eng qiziqarli janglaridan biri bo'lib o'tdi. 57 kg. vazndagi bokschimiz Miraziz Mirzaxalilov ushbu vaznda amaldagi jahon chempioni Qayrat Eralievga qarshi ringga ko'tarildi.
Hamyurtimiz qozog'istonlik sportchiga qarshi katta ishtiyoq bilan jang qila boshladi. U har bir zarbasini katta kuch bilan berdi. Mirzaxalilov birinchi raundni o'z foydasiga hal qildi.
Ikkinchi bo'limda Miraziz o'z ustunligini oshirib bordi. Raundda tugashiga oz qolganida Eralievning ikkita qoshi yorildi. Musobaqa shifokori jangni to'xtatish haqida qaror qabul qildi.
Hakamlar ikki raund bo'yicha hisob-kitobni amalga oshirib, yakuniy bahoni e'lon qilishdi — 5:0.
Eslatib o'tamiz, Qayrat Eraliev Gamburg-2017ning nimchorak finalida Murodjon Ahmadalievni mag'lub etib, yakunda jahon chempionligini qo'lga kiritgan edi.
O'zbekistonning ikki bokschisi — Shahobiddin Zoirov (52 kg.) va Miraziz Mirzaxalilov (57 kg.) yarim final yo'llanmasiga ega bo'lishdi.

Bosh sahifaga
201