EChL. «G» guruhi. «RB Leyptsig» safarda g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2495

Evropa chempionlar ligasining 1-turi doirasida "Benfika" o'z maydonida "Leyptsig"ni qabul qildi.
Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Bahsning 69 va 78-daqiqalarida Timo Verner o'z hisobiga ikkita gol yozib, germaniyaliklarni oldinga olib chiqdi. Bahs tugashiga 6 daqiqa qolganida Seferovich bitta javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Avvalroq "Lion" va "Zenit" jamoalari o'rtasidagi o'yin durang bilan yakunlangani uchun "Leyptsiya" "G" guruhi peshqadamiga aylandi.
«G» guruhi, 1-tur
BENFIKA Portugaliya – RB LEYPTsIG Germaniya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 69 Verner, 0:2 – 78 Verner, 1:2 – 84 Seferovich.
Benfika – Vlaxodimos, Tomash Tavaresh, Ruben Diash, Ferru, Grimaldo, Pitstsi (Rafa Silva, 76), Feysa, Taarabt, Servi (Seferovich, 76), de Tomas, Jota (David Tavaresh, 67).
RB Leyptsig – Gulachi, Mukiele, Konate, Orban, Xalstenberg (Klostermann, 83), Zabittser, Laymer (Aydara, 39), Demme, Forsberg (Nkunku, 88), Poulsen, Verner.
Ogohlantirishlar: Poulsen (57), Jota (62), Aydara (70).

Bosh sahifaga
162