EChL. «E» guruhi. «Liverpul» yutqazdi, «Zaltsburg» yirik hisobda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283
Evropa chempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Liverpul" yangi mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi. "Napoli" maydoniga tashrif buyurgan mersisaydliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Klopp shogirdlari butun o'yin davomida yaxshi harakat qilishdi. Ammo sabr bilan himoyalangan Anchelotti jamoasi o'yin so'ngida mukofotlanishdi. Dastlab Robertson o'z jarima maydonchasi ichida Kalexonni yiqitgani uchun penalti belgilandi. Dris Mertens undan samarali foydalandi. Qo'shib berilgan daqiqalarda esa Virjil van Deyk o'z jarima maydonchasi yaqinida to'pni raqiblarga oldirib qo'ydi. Natijada Lorente darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.
"E" guruhidan o'rin olgan "Zaltsburg" va "Genk" jamoalari o'rtasidagi o'yinda muxlislar naq 8ta golga guvoh bo'lishdi — 6:2.
«E» guruhi, 1-tur
NAPOLI Italiya – LIVERPUL' Angliya - 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 82, penalti Mertens, 2:0 – 90 Lorente.
Napoli – Meret, Di Lorentso, Manolas, Kulibali, Mariu Ruy, Kalexon, Allan (Elmaz, 75), Fabian Ruis, Insine (Zelinski, 66), Mertens, Losano (Lorente, 69).
Liverpul – Adrian, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Xenderson (Shakiri, 87), Fabino, Milner (Veynaldum, 66), Salax, Firmino, Mane.
Ogohlantirishlar: Robertson (57), Milner (61), Lorente (90).
ZAL'TsBURG Avstriya – GENK Belgiya 6:2 (5:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 2 Xoland, 2:0 – 34 Xoland, 3:0 – 36 Xvan Xi Chxan, 3:1 – 40 Lukumi, 4:1 – 45 Xoland, 5:1 – 45 Soboslai, 5:2 – 52 Samatta, 6:2 – 66 Ulmer.
Red Bull – Stankovich, Kristensen (Farkash, 84), Ramalo, Veber, Ulmer, Berned, Yunuzovich, Minamino, Soboslai (Okugava, 62), Xvan Xi Chxan, Xoland (Daka, 72).
Genk – Kauke, Mexle, Devast, Lukumi, Uronen, Ito (Bongonda, 46), Berge, Groshovski, Ndongala (Xadji, 72), Xeynen (Onuachu, 85), Samatta.
Ogohlantirishlar: Kristensen (47), Berned (50), Bongonda (58), Soboslai (62), Samatta (83).